Chimyonda 5 nafar nabirasi bilan sayrga chiqqan fuqaro adashib qoldi

10:32 17 Avgust 2022 Jamiyat
1062 0

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 16-avgust taxminan soat 13:50 fuqaro D.G Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bergan xabariga koʻra, 15-avgust kuni Boʻstonliq tumani Chimyon togʻ tizmasiga sayr qilish maqsadida 5 nafar nabiralari bilan borgan va yoʻldan adashib qaytib tushmaganligini maʼlum qilib, amaliy yordam soʻragan.

Xabarga asosan, zudlik bilan qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon otryadining alpinist qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan aholi punktidan 15 km uzoqlikda boʻlgan Mozorsoy va Teshik tosh togʻlari hududi boʻylab olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 16-avgust soat 18:20 da fuqarolar topilgan.

Ushbu fuqarolarning xavfsizligi taʼminlangan holda psixologik yordam koʻrsatilib togʻ choʻqqisidan olib tushilgan. Fuqarolarning sogʻliqlari yaxshi, ularga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?