“Chimgan Chellenj” eko sayyohlik sport festivali boshlandi
2020 – yil 4 – fevralda imzolangan “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 – yil 19 – noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 735-sonli qaroriga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yil 12 – 14 fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida an'anaviy “Chimgan Chellenj” eko sayyohlik sport festivali boshlandi.

Mazkur festivalda mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar hamda yirik korxona-tashkilotlarning sport targ‘ibotchilari basketbol, voleybol, badminton, mini-futbol, tog‘ chang‘isi hamda snoubord bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadi.

Ushbu festivalga qariyb 200 nafar sport targ‘ibotchilari hamda 25 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Festivalda OAV vakillari ham bevosita ishtirok etishadi. Ya'ni, ular musobaqa jarayonlarini keng yoritish bilan birga o‘zlari ham yuqoridagi sport turlari bo‘yicha musobaqalarda omadlarini sinab ko‘rishadi.

Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Chimgan Chellenj” eko sayyohlik sport festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – turli tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport targ‘ibotchilari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish, qolaversa, ular ishlayotgan tashkilotlarda ham sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish orqali sport musobaqalarini muntazam o‘tkazishdan iborat.

Festival doirasida sport targ‘ibotchilari uchun maxsus o‘quv-seminar ham tashkil etiladi va seminar yakunida targ‘ibotchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring