Chimboy va Qoʻngʻirot tumanlarida investitsiyalar, eksport, turizm sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi
Avval xabar berganimizdek, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish, turizm salohiyatini rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar oʻrganildi.
Joriy yil 4-noyabr kuni Senat qoʻmitasi raisi A.Aʼzamxoʻjayev tomonidan Qoraqalpogʻiston Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri V.Jollibekov, Chimboy tumani hokimi O.Tajetdinov, Qoʻngʻirot tumani hokimi oʻrinbosari F.Abdumajidov ishtirokida hududga xorijiy investitsiya va sayyohlarni jalb qilish, eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va tadbirkorlar tomonidan bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar va tashabbuslar haqida fikr yuritildi.
Jumladan, aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan infrastruktura, energetika, suv taʼminoti, litsenziyalash boʻyicha mavjud muammolarni ijobiy hal etish hamda ushbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangi ish oʻrinlari yaratish, sanoat, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish sohalarining istiqbollari yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring