Chigit narxi asossiz oshirilgan, bu paxta yogʻi narxiga ham taʼsir koʻrsatdi — Antimonopoliya

17:28 10 May 2021 Iqtisodiyot
2243 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan paxta yogʻi narxlari keskin oshganligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi. bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorining 2-bandiga muvofiq paxtadan olingan chigit paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchisi tomonidan yogʻ-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida sotilish belgilangan.

Tahlil natijalariga koʻra, joriy yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan texnik chigit savdolarga qoʻyilganligi hamda qoʻyilayotgan texnik chigitning boshlangʻich narxlari aprel oyida oʻrtacha 38 foizga koʻtarilganligi aniqlangan.

Oʻsimlik yogʻi narxining oshishiga asosan kungaboqar urugʻlari ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi bilan bogʻliq tashqi muhit taʼsir koʻrsatmoqda.

«Ammo, ayrim paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta chigiti narxini asossiz oshirishdi, bu esa oʻz taʼsirini paxta yogʻining narxiga ham koʻrsatdi.

Bunda, birja savdolarida texnik chigitning boshlangʻich narxlarini kelishib sunʼiy oshirish va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-toʻqimachilik klasterlariga nisbatan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ish qoʻzgʻatildi», deyiladi qoʻmita xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?