Chet tili imtihonlarining koʻp darajali tizimi uchun baholash mezonlariga oʻzgartirishlar kiritildi

12:53 28 Mart 2023 Jamiyat
499 0

Foto: Arxiv surat

Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining koʻp darajali tizimi uchun baholash mezonlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Mazkur oʻzgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

Unga koʻra test sinovida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball har bir boʻlim boʻyicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu oʻzgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga taʼsir qilmaydi.

Kiritilgan oʻzgartirishlar boʻyicha toʻliq maʼlumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” boʻlimiga joylashtirilgan boʻlib, mazkur pdf faylda ham oʻzgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?