Chet elga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Xorijiy davlatlarga ishga yuborishini aytib firibgarlik qilgan shaxslar qoʻlga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʻlum qildi.
Qayd etilishicha, Zarbdor tumanida fuqaro N.N. fuqaro R.X.ning ishonchiga kirib, 10 ming dollar evaziga uni Chexiyaga ishga yuborishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishini vaʼda qilib, oldindan boʻnak sifatida 3 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ohangaron shahrida esa V.I. ismli shaxs fuqaro B.X.ni ishontirib, uni goʻyoki elchixonada ishlovchi tanishlari orqali Xorvatiya Respublikasiga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, 2 ming dollar va 1,2 million soʻmni olgan vaqtida qoʻlga tushdi.
Boshqa bir holatda, Sharof Rashidov tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. R.X.ni Xorvatiya yoki Finlyandiya davlatiga ishlashi uchun joʻnatishi, viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1,5 ming dollar olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.
Mirishkor tumanida ham shu kabi vaziyat kuzatilib, unda M.Q. ismli shaxs fuqaro J.A.ning farzandini Albaniya davlatiga ishga yuborishi evaziga 12 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ishlar ochilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring