“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi kim boʻlishi aniq boʻldi — manba
Liam Rozenyor “Chelsi”ning bosh murabbiyi etib tayinlanish arafasida. Fransiyaning “Strasburg” klubi ustozi boʻlgan 41 yoshli mutaxassis lavozim boʻyicha muzokaralar oʻtkazish uchun Londonga uchib keldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoning maʼlum qilishicha, tomonlar oʻrtasidagi uchrashuv bugun, 5-yanvar kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unga koʻra, muzokaralar “Chelsi”ni shu yil boshida keskin tarzda tark etgan Enso Mareskaning oʻrnini Rozenyor egallashi bilan yakunlanadi.
Maʼlumki, Mareska ketganidan soʻng Rozenyor eng asosiy nomzod sifatida tilga olindi, biroq jarayondagi asosiy murakkablik “Chelsi” va “Strasburg” klublarining har ikkisiga egalik qiluvchi “BlueCo” investitsiya kompaniyasi manfaatlarini inobatga olish masalasi boʻldi.
“BlueCo” rahbariyati Rozenyor bilan muzokaralarni “Strasburg”ning Liga 1 doirasida “Nissa”ga qarshi oʻyinidan oldin oʻtkazishni istamadi. Shu sababli murabbiy 4-yanvar kuni Fransiyadan Londonga yoʻl oldi. U bilan birga “Strasburg” prezidenti Mark Keller va sport direktori Devid Uir ham kelgan.
“Chelsi” rahbariyati va sport boʻyicha masʼullari Rozenyorning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Ammo uning tayinlanishi chorshanba kuni “Fulxem”ga qarshi boʻlib oʻtadigan Premyer-liga uchrashuvigacha rasman amalga oshadimi-yoʻqmi — hozircha nomaʼlum. Yakshanba kuni “Manchester Siti”ga qarshi 1:1 hisobidagi oʻyinda jamoani vaqtinchalik ravishda U-21 jamoasi murabbiyi Kalum Makfarleyn boshqardi.
Manbalar xabariga koʻra, Rozenyor Mareska ketganidan soʻng qisqa roʻyxatga kiritilgan. “Portu” murabbiyi Franchesko Farioli va “Flamengo” ustozi Filipe Luis ham nomzod sifatida koʻrilgan. Ayni paytda “BlueCo” “Strasburg”da Rozenyor uchun munosib oʻrinbosar topish ustida ishlamoqda: Filipe Koelyo va Jan-Mark Kyuns vaqtinchalik murabbiy boʻlishi kutilmoqda, doimiy lavozim uchun esa sobiq “Vulverxempton” murabbiyi Gari OʼNil asosiy daʼvogarlardan biri sifatida koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring