“Chelsi”dan gʻalaba, “Arsenal” ochko yoʻqotdi
Kecha, 17-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 22-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinlarga toʻxtalib oʻtamiz.
Angliya Premyer ligasida 5 ta turdan beri gʻalaba nima ekanligini bilmay kelgan “Chelsi” jamoasi bu turda “Brentford” klubini qabul qildi. Ushbu oʻyin oldidan “aristokratlar” raqibidan 2 ochko jamgʻargan holda 7-oʻrinni egallab turishgandi. Mazkur oʻyindagi magʻlubiyat “Brentford”ni 7-oʻringa tushirib yubordi.
Oʻyinda hisob 26-daqiqada Joao Pedro tomonidan ochildi. 76-daqiqada Kol Palmer penaltidan gol kiritib, yakuniy hisobni oʻrnatdi. Ushbu oʻyinda Laviya, Kolvil, Viley, Gittens, Gusto, Mudrik kabi futbolchilarning yoʻqligi “Chelsi”ga gʻalaba qozonish uchun xalaqit bermadi.
Tur doirasida autsayderlar qatoriga qoʻshilib qolayotgan “Lids Yunayted” klubi oʻz maydonida bu yil mazmunli oʻyin koʻrsatayotgan “Fulhem” jamoasini qabul qildi.
Ushbu bahs mezbonlarning 1:0 hisobida gʻalaba qozonishi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 90+1 daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Lukas Nmecha mualliflik qildi.
Ushbu magʻlubiyatdan soʻng Londonning “Fulhem” klubi turnir jadvalida 9-oʻrindan 10-oʻringa tushib qoldi.
Soʻnggi oʻyinlarda yanada barqarorlik boʻyicha muammolarga duch kelayotgan “Liverpul” klubi bu tur oʻz maydonida musobaqa jadvalining 19-pogʻonasida borayotgan “Byornli” klubini qabul qildi.
Oʻyin kutilmaganda 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga “Liverpul”dan Florian Virs, “Byornli”dan Markus Eduards mualliflik qildi.
Ushbu natijadan soʻng, chempionat yakunlanishiga 16 tur qolgan bir paytda “Liverpul”ning APL yetakchisi “Arsenal” bilan oʻrtasidagi farq 14 ochkoga yetdi.
Ushbu turdan oʻrin olgan yana bir qiziqarli bahsda “Sanderlend” klubi oʻz maydonida “Kristal Pelas”ni magʻlub etgan holda turnir jadvalida “Fulhem” va “Nyukasl”ni quvib oʻtib, 8-oʻringa joylashib oldi.
Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etildi. Gʻoliblar gollarga Enso Le Fe va Brayan Brobbi mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli esa Yeremi Pino hisobiga yozildi.
Tur doirasidan oʻrin olgan yana bir sensatsion oʻyin “Tottenhem Xotspur” stadionida boʻlib oʻtdi. Unda maydon egalari turnir jadvalida 18-oʻrinni egallab turgan “Vest Hem” jamoasini qabul qildi.
Oʻyinda hisob 15-daqiqada mehmonlar futbolchisi Sammervill tomonidan ochildi. Ikkinchi boʻlimning 64-daqiqasida Kristian Romero “Tottenhem”ning javob golini kiritdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Kallum Uilson “Vest Hem”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Turning asosiy sensatsiyasi esa “Arsenal”ning ochko yoʻqotgani boʻldi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa tur doirasida safarda turnir jadvalining “qizil chizigʻi bilan qoʻshni boʻlib turgan” “Nottingem Forest” klubini qabul qildi.
“Nottingem Forest” klubi ushbu oʻyinga yuqori kayfiyatda yetib keldi. Boisi jamoa oʻtgan turda “Vest Hem”ni magʻlub etib, “qizil chiziq”dan ancha yuqoriga koʻtarilib olgandi. Bu kayfiyat mazkur oʻyinda ham ushbu jamoaga hamroh boʻldi, chogʻi, Shon Daych shogirdlari butun oʻyin davomida oʻz darvozalari daxlsizligini saqlab qola oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring