“Chelsi” va “Manchester Yunayted”dan gʻalaba, “Tottenhem”dan magʻlubiyat

13:56 31 Avgust 2025 Sport
1678 0

Kecha, 30-avgust kuni Angliya Premyer ligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari start oldi.

Turni boshlab bergan oʻyinda Londonning “Chelsi” jamoasi oʻz maydonida “Fulhem” klubini qabul qildi. Uchrashuv 2:0 hisobi bilan “aristokratlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Enso Fernandes va Joau Pedro mualliflik qildi.

Londonda kechgan yana bir bahsda “Tottenhem” kutilmaganda oʻz maydonida “Bornmut”ga magʻlub boʻldi. Uchrashuv 0:1 natijasi bilan yakunlandi va mehmonlarning yagona goli Evanilson hisobiga yozildi.

APLda oʻtgan dastlabki 2 bahsda gʻalaba qozona olmagan, ustiga-ustak 4-divizion jamoasiga magʻlub boʻlib Angliya kubogi musobaqasidan chiqib ketgan “Manchester Yunayted” jamoasi oʻz muxlislari hafsalasini pir qilayotgandi. 3-turga kelib jamoa qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Oʻz maydonida “Bernli” jamoasini qabul qilgan “qizil iblislar” 3:2 hisobiga zafar quchdilar. Oʻyindagi dastlabki gol “Bernli” yarim himoyachisi Josh Kallen hisobiga yozildi. Lekin, u “manchesterliklar” darvozasiga emas, oʻz darvozasiga toʻp kiritdi. 57-daqiqada Brian Mbemo mezbonlarning 2-golini kiritdi.

“Bernli”ning javob gollari Layl Foster va Jeydon Entoni hisobiga yozildi. Mezbonlarga gʻalaba taqdim etgan gol esa ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan yettinchi daqiqada penaltidan kiritildi. Brunu Fernandesh hal qiluvchi zarbani bexato yoʻlladi.

Maʼlumot uchun, bugun liganing 3-tur oʻyinlari yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер