“Chelsi” va “Manchester Yunayted” durang oʻynadi, “Tottenhem”dan magʻlubiyat
Kecha, 10-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 26-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida 4 ta oʻyin boʻlib oʻtdi.
Turni ochib bergan oʻyinda Liverpul shahrining “Everton” jamoasi oʻz maydonida “Bornmut” bilan kuch sinashdi. Ushbu jamoalarning birinchi davrada boʻlib oʻtgan oʻyinida “Everton” safarda gʻalaba qozonishni uddalagan edi. Ammo, bu gal omad “Bornmut”ga kulib boqdi.
Uchrashuvda hisob 42-daqiqada penaltidan ochildi. Mezbonlar futbolchisi Iliman Ndiaye 11 metrlik jarima toʻpini aniq amalga oshirdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqasida mehmonlarning braziliyalik futbolchisi Rayan hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa oʻtib, Amin Adli hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin ushbu hisob bilan yakunlandi va “Bornmut” ochkolar soni boʻyicha “Everton” bilan tenglashib oldi.
Londonda tashkil etilgan “Tottenhem” va “Nyukasl” oʻyinida ham omad mehmonlarga kulib boqdi. Taʼkidlash kerakki, “Nyukasl” bu oʻyingacha ketma-ket 5 ta oʻyinda gʻalaba qozona olmagan va bu bahsda ham imkoniyatlari yuqori baholanmayotgan edi. Ammo, amalda Eddi Hav boshchiligidagi jamoa gʻalaba qozonishni uddaladi.
Uchrashuvda hisob birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan beshinchi daqiqada ochildi. “Nyukasl” himoyachisi Malik Tiau dastlabki golga mualliflik qildi.
64-daqiqada mezbonlar futbolchisi Archi Grey hisobni tenglashtirdi. Oradan 4 daqiqa vaqt oʻtib, Jeykob Remsi hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa oʻyin mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Soʻnggi oʻyinlarni barqaror oʻtkaza olmayotgan “Chelsi” klubi bu turda kutilmaganda ochko yoʻqotdi. Jamoa oʻz maydonida “Lids Yunayted” bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda hisob 24-daqiqada Joao Pedro tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 58-daqiqasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpini Kaul Palmer aniq yoʻllab, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
67-daqiqada esa endi “Chelsi” darvozasiga penalti belgilandi. Mehmonlarning germaniyalik hujumchisi Lukas Nmecha ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanib, hisobni qisqartirdi. 71-daqiqada esa zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Noa Okafor hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi va natijada “aristokratlar” “Manchester Yunayted”ni quvib oʻtish imkoniyatidan ayrildi.
Turning yana bir kutilmagan hisob bilan yakunlangan oʻyini London shahrida boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlarda “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Tottenhem” kabi jamoalarni magʻlub etgan “Manchester Yunayted” klubi “Vest Hem” jamoasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 50-daqiqada Tomash Souchek tomonidan ochildi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan oltinchi daqiqada Benjamin Sheshko hisobni tenglashtirdi.
Bugun musobaqada tur oʻyinlari davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring