Cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak, cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zoʻr uddalaganmiz — Ruslan Davletov

Bugun Xalqaro press-klubning soʻz hamda matbuot erkinligi haqida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida Adliya vaziri Ruslan Davletov ham soʻzga chiqdi va soʻz erkinligi masalasida qonunchilikning roli masalalariga toʻxtaldi.
«Prezidentimizning “Xalq bilan muloqot” konsepsiyasi kuchga kirgandan soʻng ayni mana shu jarayonlarga turtki berildi, birinchi qadamlar shundan boshlandi.
Ayniqsa huquqshunoslar uchun soʻz erkinligining ahamiyati juda katta. Qonun oʻz yoʻliga, qabul qilamiz, chunki men qonunlarni keltiraman, ular Konstitutsiyada ham turibdi. Axborot erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunlarimiz 1997-yildan beri qabul qilingan, 2007-yilda OAV toʻgʻrisidagi qonunlarning yangi redaksiyasini qabul qilgandik, turgan ediku bu qonunlar. Oʻsha payt ham majburiy edi bajarilishi, yaʼni aytmoqchimizki, ijro nuqtayi nazaridan qonunlarni amalda insonlarning hayotiga bevosita yetib borishi nuqtayi nazaridan soʻz erkinligi juda katta ahamiyatga egaki, ular fuqarolik institutlari, jamoatchilik nazoratining bir boʻlagi. Hammamiz guvohi boʻlyapmiz davlat xaridlari, korrupsiya boʻyicha achchiq-achchiq savollar oʻrtaga tashlanyapti.
Lekin bir narsaga eʼtibor qilish kerak, jurnalist va bloggerlar olayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisida yoki boshqa maʼlumotlar qayerdan chiqyapti? Davlatning oʻzi shunga imkoniyat yaratib beryapti yaʼni ochiqlik siyosati, byudjetni qabul qilish jarayonlari ochiqligi natijasida byudjetning har bir parametrlari omma orasida keng muhokama qilinyapti.
Huquq bor joyda chegara ham boʻlishi kerak, yashash huquqida chegara boʻlmasligi kerak, u eng oliy neʼmat. Boshqa huquqlarda ayrim chegaralar boʻlishi kerak. Bu dunyo boʻyicha tan olingan standart. Bugungi Oʻzbekiston sharoitida cheklovlar haqida kamroq gapirishimiz kerak deb oʻylayman, chunki cheklashga juda ustamiz, shu paytgacha buni judayam zoʻr uddalaganmiz. Endi oʻylaymanki, huquqni taʼminlash toʻgʻrisida koʻproq gapirishimiz kerak.
Koʻp qonunlar haqida gapirildi, biz mana shu oʻzgarishlar jarayonida qandaydir qonunlarni qayta koʻrib chiqmadik, bu qonunlar bor edi. Ularning realizatsiyasi, amalga oshirilishi yuz bergani uchun mana shu holatlar kuzatilyapti", dedi Ruslan Davletov.
Inobat AHATOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring