Chexiyadagi harbiy poligonda portlash yuz berdi

21:26 17 Iyun 2024 Dunyo
585 0

Foto: Ministry of Defence of the Czech Republic

Chexiya sharqidagi poligonda oʻq-dorilar portladi, deb xabar berdi armiya matbuot xizmati «X» ijtimoiy tarmogʻida.

«Biz Libau mashgʻulotlari hududida hali nomaʼlum turdagi oʻq-dorilar portlagan jiddiy hodisa bilan shugʻullanmoqdamiz, afsuski, voqea joyida yaradorlar bor», — deyiladi manbada.

Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, portlash oqibatida toʻqqiz kishi jabrlangan. Sakkiz nafari kasalxonaga yetkazilgan, bir nafariga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hodisa harbiy politsiya tomonidan tergov qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер