Chegaradan 15 ta boʻgʻma ilonlarni noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
“Navoiy” chegara bojxona postida 15 bosh sharq boʻgʻma ilonlarini noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda yurtimizdan chiqib ketayotgan qoʻshni davlat fuqarosi 15 bosh tirik boʻgʻma ilonlarni ruxsatnomalarsiz olib chiqmoqchi boʻlgan vaqtida toʻxtatib qolingan.
Fuqaroga tegishli boʻlgan 10 litr hajmli yelim idishga joylangan mazkur ilonlar sharq boʻgʻma iloni zotiga mansub boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ular Oʻzbekiston Respublikasida Ustyurt platosi, Markaziy Qizilqum, Zarafshon vodiysi, Qarshi choʻli, Zarafshon togʻi, Qashqadaryo, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati choʻllari, Toshkent viloyatidagi togʻ yonbagʻirlari, Fargʻona vodiysi, Surxondaryo viloyatining togʻoldi qismida uchraydi.
Shuningdek, bu ilonlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan boʻlib, hozirda jonivorlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi.
Avvalroq ham ushbu chegara bojxona postidan 15 dona noyob “Kolvar” turiga mansub ilonlarni olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olinganini maʼlum qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring