Chegara hududlarda tibbiyot klasterlari tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Taʼlimda xususiy sektor uchun keng yoʻl ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bogʻchalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi. Bu haqda Prezidentning tadbirkorlar bilan oʻtayotgan ochiq muloqotida maʼlum qilindi.
Endilikda bogʻcha qamrovi 70-80 foizdan past boʻlgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi bogʻcha va maktablarni boʻsh yerlarida xususiy sheriklik asosida bogʻcha qurishga ruxsat beriladi.
Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30-yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bogʻchasida har bir bolaga koʻzda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.
Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bogʻcha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard soʻmgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz boʻladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha toʻlab beriladi.
Xususiy tibbiyotda toʻplangan ulkan tajriba, yangi texnologiyalar, malakali kadrlar tadbirkorlar uchun bu soha jozibadorligini oshirib, sifatni yaxshilashga turtki bermoqda.
Buni 7-yilda xususiy klinikalar 3,5 mingdan 8,5 mingtaga koʻpayganida ham koʻrish mumkin.
“Sizlar bilan birga Oʻzbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiyot xabiga aylantirishimizga ishonaman. Buning uchun yana qanday sharoit kerak boʻlsa, barchasini qilib berishga tayyorman”, dedi Prezidentimiz.
Xususan, chegara hududlarda klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasterlari tashkil qilinadi.
Ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi ochiladi. Bunda tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 3-yil imtiyozli davr bilan 17 foizli arzon kreditlar beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring