Chavandozlarimiz nufuzli turnirda gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi

20:57 05 Oktyabr 2024 Sport
455 0

Arxiv surat

Shu kunlarda Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning eng yetakchi sport juftliklari ishtirok etayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bormoqda.

Musobaqada toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev “Otto van de Achterhoek” laqabli otda birinchi oʻrin sohibi boʻldi. Chavandozimiz yoʻnalishni jarimalarsiz 51,71 soniyada yakunladi. Xuddi shu marshrutda kuchli uchlikni Bekzod Qurbonov yakunlab berdi. U masofani bosib oʻtish uchun “Matts V.G” laqabli oti bilan 53,59 soniya sarfladi.

Turnirda toʻsiq balandligi 135 sm boʻlgan marshrutda hamyurtimiz Bahromjon Gaziyev “Lady” laqabli oti yordamida 5-oʻrinni egalladi, yoʻnalish jarima ochkolarisiz 29,22 soniyada bosib oʻtildi.Musobaqa 6-oktyabr kuni yakuniga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер