Central Asia — 2021: bu yilgi konferensiyaning oʻziga xosligi nimada?
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan axborot-kutubxona faoliyati boʻyicha har yili anʼanaviy tarzda “Central Asia: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari» mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazib kelinmoqda.
Shu yilning 19 — 21-may kunlari boʻlib oʻtadigan ushbu anjuman doirasida qanday yangiliklar koʻzda tutilmoqda?
Ziyo maskanida mazkur tadbir oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga javob berildi.
Qayd qilinganidek, oʻn toʻrtinchi bor tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha “Kitob va mutolaa — jamiyat taraqqiyotining strategik resursi” mavzusida forumi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 150-yillik yubileyini nishonlash, “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimlari oʻtkaziladi.
Shuningdek, kitobxonlik masalalari, kutubxonachilikning oldida turgan istiqbolli vazifalar hamda sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalarga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminarlar, mahorat darslari tashkil etiladi.
Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Belarus kabi qator davlatlardan soha mutaxassislari qatnashadigan tadbirlar onlayn va offlayn formatda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Rahmatjon BOBOJONOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring