All

AQSH mudofaa vaziri koronavirus bois Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirdi

Pentagon rahbari Mark Esper koronavirus tufayli Oʻzbekiston, Pokiston va Hindistonga safarini kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Alissa Fara Tvitterdagi sahifasida maʼlum qildi.

15:51 11 Mart 2020
Sudlarda ishlar avtomatlashtirilgan tizim orqali taqsimlanadi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun (OʻRQ–607-son, 10.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

15:50 11 Mart 2020
Voyaga yetmagan shaxs davlat organiga mustaqil murojaat qilishga haqli

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun (OʻRQ–608-son, 10.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

15:48 11 Mart 2020
Turkiyaning “Renessans Xolding” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida ming oʻrinli, zamonaviy koʻp tarmoqli shifoxona tashkil etiladi

Davlatimiz rahbari 9-mart kuni Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi – “Renessans Xolding” prezidenti Erman Ilijak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

15:42 11 Mart 2020
Haydovchilar diqqatiga! Qoʻqon shahridagi “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi taʼsiri doirasi hududiga statsionar maxsus kameralar oʻrnatildi

Qoʻqon shahridagi “Yangi bozor” savdo majmuasi joylashgan Farobiy koʻchasida tirbandliklarning oldini olish maqsadida “toʻxtash taqiqlanadi” yoʻl belgisi taʼsir doirasida qoldirilgan avtomobillarni qayd qilib boruvchi 4 ta aylanma statsionar maxsus kameralar oʻrnatildi.

15:27 11 Mart 2020
Bokschi qizimiz dastlabki litsenziyani qoʻlga kiritdi

​Avval xabar berganimizdek, bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida oʻtkazilayotgan boks boʻyicha litsenzion turnirning yakuniy bahslariga start berildi.

15:25 11 Mart 2020
“Sulaymon oʻlib, devlar qutilgan” zamon xaqida oʻqishli roman

Ultontozning kimligini, bitta-yarimtalarni hisobga olmasak, koʻplar yaxshi biladi. Alpomish Kashalga ketib, yetti yil zindonda qolganida choʻridan dunyoga kelgan Ultontoz nafaqat uning taxtini, balki seviklisi Oybarchinni ham oʻziniki qilishga oʻlib-tiriladi. Sulaymon oʻldi, devlar qutildi, degani shu boʻladi...

15:23 11 Mart 2020
Yangi Qonun bilan bola huquqlarini himoya qilish mustahkamlanadi

2020-yil 10-mart kuni davlatimiz rahbari “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan maʼqullangan edi.

15:20 11 Mart 2020
Yangi Qonun qanday imkoniyatlar beradi?

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida “Sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullangan edi. Kecha, 10-mart kuni davlatimiz rahbari ushbu Qonunni imzoladi.

15:19 11 Mart 2020
Uch farzandi bilan ogʻir ahvolda qolgan toyloqlik ayol Rossiyadan yurtimizga qaytarildi

Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyaga Samarqand viloyati, Toyloq tumanida yashovchi fuqaro D.S. murojaat qiladi.

15:16 11 Mart 2020
11 yoshli suriyalik qizaloq Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma oldi

Iordaniyada Gʻarbiy Osiyo mintaqasi uchun stol tennisi boʻyicha Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi turnir boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, ushbu musobaqa insoniyat uchun Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan eng yosh atletlardan birini aniqlab berdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

15:11 11 Mart 2020
Futbol boʻyicha Ispaniya chempionati ham koronavirus tufayli toʻxtatilishi mumkin

Avvalroq, koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida barcha oʻyinlar muxlislarsiz oʻtkazilishi boʻyicha qaror qabul qilingandi.

15:04 11 Mart 2020
Turkiyaning “Komtel” kompaniyasi Oʻzbekistonga sarmoya kiritishga tayyor ekanini tasdiqladi

Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Hilton Tashkent City” va Turkiyaning “Komtel Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

15:01 11 Mart 2020
“Qaytim? Qanaqa qaytim? Bor-yoʻgʻi ellik soʻm uchun pastkashlik qilayotganiga qarang?” Yoxud halollikning bahosi bormi?

Bugun yurtimizning qaysi goʻshasiga bormaylik, yuqori darajada xizmat koʻrsatadigan ishlab-chiqarish korxonalari, katta-kichik supermarketlarga koʻzimiz tushadi. Endi savdo peshtaxtalarini toʻldirish uchun dunyoning yetti iqlimidan isteʼmol mollarini axtarib, ovora boʻlishga hojat yoʻq. Tadbirkorlarning oʻzi konserva mahsulotlaridan tortib, qandolat, salqin ichimliklargacha yuqori darajada...

14:54 11 Mart 2020
Yoshlar ittifoqi rahbari BAAning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Saʼdullayev Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Said Matar Sulton as-Siri al-Kamzi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining yoshlari masalalarida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.

14:46 11 Mart 2020
Daraxtlar ID-kartalar bilan belgilanadi 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasimamlakatimizdagi barcha daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni ID-kartalar bilan belgilash hamda ularga masʼullarni aniqlab berish tashabbusi bilan chiqdi. 

14:39 11 Mart 2020
Qurilishlar tufayli Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi qator yoʻllar vaqtincha yopildi. Shu munosabat bilan ayrim yoʻlovchi avtobuslar yoʻnalishlari ham oʻzgardi

Toshkent halqa avtomobil yoʻlining Bektemir tumanidagi qismida olib borilayotgan qurilish ishlari doirasida “Qoʻyliq somon bozori“ oraliq bekati yaqinidagi avtotransport vositalarining burilib olish qismi vaqtinchalik yopilganligi sababli, 12, 30, 45, 54, 68, 110, 117, 183-sonli avtobus yoʻnalishlarining “Qoʻyliq dehqon bozori“ oraliq...

14:25 11 Mart 2020
Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tuzildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi tuzildi. Unga koʻra, quyi palataning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi, OʻzLiDeP fraksiyachi vakili Abdullo Aslonov komissiya raisi etib tayinlandi.

14:08 11 Mart 2020
Ayrim vakolatlar Vazirlar Mahkamasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham atroflicha koʻrib chiqildi.

14:05 11 Mart 2020
“Oʻzbekneftgaz“: “Uchtepa gaz koni“ rahbari ishdan olindi

Ishlab chiqarish boʻyicha Andijon viloyati Buloqboshi tumanida gaz hajmlarini oshirish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan “Andijonneft” AJ Boshqaruvi Raisi va kasaba uyushmasi bilan birgalikda sayyor yigʻilish oʻtkazildi.

14:01 11 Mart 2020