Sudlarda ishlar avtomatlashtirilgan tizim orqali taqsimlanadi

Illyustrativ foto
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun (OʻRQ–607-son, 10.03.2020-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, sud ishlarini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Jumladan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunga sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlashga oid alohida modda kiritildi.
Unga koʻra, sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvini hisobga olib, muhokama natijasidan manfaatdor shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda taqsimlanadi.
Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeks daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkinligiga oid norma bilan toʻldirildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring