All

Sogʻliqni saqlash vazirligi: Koronavirus tufayli olmaliq shahrida fuqarolar vafot etganligi haqidagi xabar mutlaqo yolgʻon

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi, hattoki, Olmaliq shahrida ushbu virus tufayli 17 nafar fuqaro vafot etganligi haqidagi audioxabar mutlaqo asossiz va yolgʻon.

18:21 12 Mart 2020
Zamonaviy issiqxonada qisqa vaqtda 480 ming dollarlik eksport qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangiariq tumanidagi “Global Food Impeks” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan tashkil etilgan zamonaviy issiqxonani koʻzdan kechirdi.

18:19 12 Mart 2020
Dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingi eʼlon qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?

Yakunda Oʻzbekiston 51,41 ball toʻpladi. Birinchi oʻrindan joy olgan Shveysariyada bu koʻrsatkich 72,15 ga teng.

17:58 12 Mart 2020
Toshkentda noqonuniy tarzda psixotrop vositalari savdosi bilan shugʻullangan dorixona ishchilari aniqlandi

11 va 12-mart kunlari Toshkent shahar IIBB xodimlari Yunusobod tumanida noqonuniy tarzda psixotrop vositalari savdosi bilan shugʻullangan dorixona ishchilarini aniqlashdi.

17:38 12 Mart 2020
Matbuot anjumani nega poytaxtdagi koʻp qavatli uylar yaqinidagi mayda qurilmalar va qurilish ishlariga bagʻishlandi?

12-mart kuni Toshkent shahar hokimligida “Koʻp qavatli uylar yaqinidagi mayda qurilmalar va qurilish ishlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Hokimlik axborot xizmatidan maʼlum qilinishicha, ushbu anjuman mavzusi tasodifiy emas. Soʻnggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda toshkentliklarning qurilish tashkilotlaridan noroziligi koʻp muhokama qilinayotgani...

17:29 12 Mart 2020
Madridning “Real” klubi karantin uchun yopildi. “Manchester Siti”ga qarshi javob oʻyini boʻlmasligi mumkin

Madridning “Real” futbol va basketbol jamoalarini koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikdan profilaktika qilish uchun klub tomonidan karantin joriy etildi. Bu haqda “Qirollik klubi” matbuot xizmati xabar berdi.

17:14 12 Mart 2020
Eron BMTdan koronavirusga qarshi kurashish uchun barcha sanksiyalarni olib talashni soʻradi

Eronda ushbu infeksiyani 9000 nafar odam yuqtirib olgan. Virus tufayli 429 kishi hayotdan koʻz yumgan.

16:57 12 Mart 2020
Koronavirus tufayli Yevropa Chempionlar ligasi oʻyinlari toʻxtatilishi mumkin

Yevropa Chempionlar ligasining yaqin muddatlarga rejalashtirilgan oʻyinlari boʻlmasligi mumkin. Bu haqda El Larguero gazetasi xabar berdi. Masalan, “Barselona” UYEFAga 1/8 finali javob uchrashuvini boshqa sanaga koʻchirishni iltimos qilgan.

16:43 12 Mart 2020
Harbiylar urganchlik urush qatnashchisining uyini taʼmirlab berdi

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligini Oʻzbekiston ahli, ayniqsa oʻsha yillari janggohlarda qon yutgan va urushning dahshatlarini koʻrgan nuroniylarimiz oʻzgacha ruhda qarshi olishga tayyorlanmoqda. Urganch shahrining faxri boʻlmish Sobir ota Qurbonov ham bu muhim sanani harbiy xizmatchilar sharofati bilan...

16:30 12 Mart 2020
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganiga 24 yil boʻldi. Unga jiddiy oʻzgartirishlar kiritish lozim…

“UzAvtoMotors”ning aynan xalqchil avtomashinalarning narxlarini asossiz oshirmasligi uchun sizlarning qanday rolingiz boʻlishi kerak?Axir ular monopoliya-ku? Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun hozirgi zamon talabiga javob bera oladimi?.. Xullas maqola soʻngida mana shu savollarga ham javob olamiz!

16:23 12 Mart 2020
Past Dargʻomda soatiga 150 metr kub tosh maydalovchi sex ishga tushdi

Past Dargʻom tumanining Madaniy yurish mahallasi hududidagi 6,5 gektar yerda 2019-yilning oxirlarida eronlik hamkorlar bilan qurilishi boshlangan tosh maydalovchi sex bugun oʻz faoliyatini boshladi.

16:16 12 Mart 2020
Koronavirusni yuqtirib olgan Eron sogʻliqni saqlash vazirining muovini kasallikdan forigʻ boʻldi

Bu haqda Eron sogʻliqni saqlash vaziri Said Namaki maʼlum qildi.

16:14 12 Mart 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rossiya Federatsiyasi tergov qoʻmitasi raisi bilan uchrashdi

Bugun Bosh prokuraturada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Rossiya Federatsiyasining Tergov qoʻmitasi Raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

16:12 12 Mart 2020
Oʻzbekistonning zaxira aktivlari 30 milliard dollardan oshib ketdi

Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari hajmi 1-mart holatiga koʻra 30,5 mlrd. dollardan ziyodni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

16:00 12 Mart 2020
2008-yildagi global moliyaviy inqirozni taxmin qilgan tahlilchi yana bir iqtisodiy tanazzul yaqinlashib kelayotgani haqida ogohlantirdi

2008-yilda global moliyaviy inqiroz boshlanishi toʻgʻrisida ogohlantirgan iqtisodchi Jessi Kolombo global iqtisodiyotni yana bir, ammo avvalgidan ham yomonroq holat kutilayotgani maʼlum qildi.

15:49 12 Mart 2020
Orol dengizining qurigan tubiga 100 000 dona saksovul koʻchatlari ekiladi

Joriy yilning 11-mart kuni BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi qoshidagi Akselerator laboratoriya tomonidan kraudfanding tashabbusiga start berildi. Bu haqda xalqaro tashkilot axborot xizmatiga tayanib Sputnik xabar berdi.

15:32 12 Mart 2020
Oʻzbekiston qanday qilib “New-York Times” jurnalistlari uchun eng esda qolarli mamlakatga aylandi?

Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga koʻra, AQSHning dunyoga mashhur “New-York Times” nashrida “Eng afsonaviy yoʻldagi 12 kun: Buyuk Ipak yoʻli” sarlavhasi ostida maqola eʼlon qilindi. Unda gazeta fotojurnalisti Toni Senikola va “Sayohatlar” boʻlimi muallifi Charli Uaylder oʻz taassurotlarini oʻquvchilar eʼtiboriga havola...

15:20 12 Mart 2020
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar otaliqqa olinadi

“Ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (141-son, 11.03.2020-y.) qabul qilindi.

15:08 12 Mart 2020
Tashkent City istirohat bogʻida “raqqosa”-favvora ishga tushirildi (Video)

Tashkent City istirohat bogʻida koʻplab koʻngilochar dasturlar, hayajonli onlar va cheksiz quvonch sababchisi — yurtimizdagi eng taniqli favvora yana ish faoliyatini boshladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

15:03 12 Mart 2020
Senat tarixida ilk marta Oʻzbekistoning Yevropa mamlakatlaridagi elchilari hisobotlari eshitiladi 

Bugun, 12-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi boʻlib oʻtadi. Unda parlamentimiz tarixida ilk marta Yevropa mamlakatlaridagi Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.

14:52 12 Mart 2020