All

Ukrainada ham koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim qayd etildi

Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar berdi. Jitomir viloyatida yashagan 71 yoshli ayol ushbu infeksiyani yuqtirib olgandan soʻng, hayotdan koʻz yumdi.

19:17 13 Mart 2020
Prezident: Jaloliddin Manguberdi — buyuk sarkarda bobomiz, millatimizning faxru gʻururi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga ilgari kelganida Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi memorial bogʻi tashkil etish boʻyicha koʻrsatma bergan edi. Shunga muvofiq loyiha taklifi tayyorlanib, bu galgi tashrif chogʻida namoyish qilindi.

19:11 13 Mart 2020
“Toshkent – Urganch – Toshkent“ yoʻnalishida qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Yoʻlovchilarga yana-da koʻproq qulaylik yaratish maqsadida, “Toshkent – Urganch – Toshkent“ yoʻnalishida 556/555-raqamli qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

18:46 13 Mart 2020
TIV Tailand va Qirgʻizistondan keyin Hindistonga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ham ogohlantirdi

Oʻzbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra Hindiston Hukumatining qarori bilan COVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yilning 13-martidan 15-apreligacha chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avval berilgan vizalarning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. Bundan diplomatlar va BMT xodimlari mustasno.

18:44 13 Mart 2020
“Choʻlpon” nashriyoti bolajonlar uchun navbatdagi tuhfalarni taqdim etdi

Poytaxtimizda Choʻlpon nomidagi NMIU tomonidan “Oʻzbek bolalar adabiyoti oltin fondidan” seriyasi ostida chop etilgan P. Moʻminning “Qovoqvoy va Chanoqvoy”, N. Fozilovning “Qahr va Mehr”, A. Obidjonning “Quvnoq- quvnoq bolalar”, D. Rajabning “Yoʻlim Quyosh tomondir” kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

18:39 13 Mart 2020
Fargʻonada xorij kompaniyalari soni  yana ikkitaga koʻpaydi

Fargʻona viloyatida ayni kunlarda 250 dan ortiq xorijiy kompaniyalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Viloyatga eng yirik sarmoya kiritgan mamlakat Xitoy davlati boʻlib qolmoqda. Turkiya esa 20 ta kompaniya va ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻygani bilan hududda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

18:28 13 Mart 2020
Navoiyda mahbus deputat kafilligida ozodlikka chiqarildi

Aybdorni ozodlikdan mahrum etish mohiyatan qonun ustuvorligini taʼminlash, adashganni toʻgʻri yoʻlga boshlash, qayta tarbiyalash kabi maqsadlarni nazarda tutadi. Albatta, ozodlikdan mahrum etish orqali har qanday noqonuniy qilmishga jazo muqarrarligi tamoyili ham taʼminlanadi. Shular barobarida insonparvarlik, kechirimlilik, kishiga ishonch kabi xalqimizga...

18:21 13 Mart 2020
Kunduz chiroq yoqib topish mumkinmi?

Shaxmat taxtasining bir boʻlagi.Tepada fonus.Taxtada odam tanasini eslatuvchi nimadir bor.Bor – yoʻgʻi shu, xolos.U nimani anglatadi?

18:15 13 Mart 2020
Saida Mirziyoyeva bir guruh faol ayollar bilan jamiyatning atrof-muhitga shafqatsiz munosabati masalasini muhokama qildi

Yaqinda bir guruh faol ayollar ijtimoiy tarmoqlarda jamiyatning atrof-muhitga shafqatsiz munosabati masalasini koʻtarib, uni oldini olish yuzasidan mavjud takliflarini Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva bilan muhokama qilmoqchi ekanliklarini bildirgan edilar.

18:09 13 Mart 2020
Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili: Uxanga koronavirusni AQSH harbiylari olib keldi

Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Amerika Qoʻshma Shtatlarini barcha maʼlumotlarni yashirmagan holda maʼlum qilishga chaqirdi.

17:54 13 Mart 2020
Oʻzbekistonda xavfsizlik nuqtai nazaridan bir qator mahalliy va xalqaro darajadagi tadbirlar bekor qilinmoqda

Vazirlar Mahkamasida Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, jamoat tartibini saqlash hamda aholi xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

17:39 13 Mart 2020
Prezident topshirigʻiga muvofiq Eronga insonparvarlik yordami yuboriladi va 28 yurtdoshimiz Oʻzbekistonga olib kelinadi

Eron Islom Respublikasi hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yangi koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan tibbiy buyumlar va vositalar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan murojaat qilgan edi.

17:30 13 Mart 2020
“Adolat“ SDP “Milliy tiklanish“ partiyasini koʻchirmakashlikda ayblab, bayonot berdi

Saylovlar vaqtida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bosh shiori va u tomonidan olib borilgan piar-kampaniya jarayonlari Turkiyaning “Adolat va taraqqiyot” partiyasinikidan koʻchirilgani toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalar qizgʻin muhokama qilingan edi. Bu holat partiyaning saylovdagi imijiga ham salbiy taʼsir qilmay qolmadi.

17:07 13 Mart 2020
“Haft sin” — yetti taom Navroʻzda qaysi Sharq mamlakatlari dasturxoniga tortiladi?

Har qanday milliy bayram, eng avvalo, oʻsha xalqning olam va odamga estetik munosabatini anglatadi. Ayni shu maʼnoda Navroʻz xalqimizning tarixi, falsafasi, hayot tarzi, sanʼati va madaniyati, mifologik, diniy va dunyoviy tafakkurini oʻzida mujassamlashtirgan qomusiy ayyom sanaladi.

16:53 13 Mart 2020
YECHL, Yevropa ligasi va Angliya premyer ligasi oʻyinlari koronavirus tufayli vaqtincha toʻxtatildi

UYEFA Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining kelgusi hafta boʻlib oʻtadigan oʻyinlari toʻxtatildi, deb xabar berdi ushbu tashkilot rasmiy sayti.

16:46 13 Mart 2020
Braziliya Prezidentining AQSHga safari chogʻida hamrohlik qilgan hukumat vakilida koronavirus aniqlandi. U Donald Tramp bilan ham uchrashgan edi

Braziliya hukumati vakili Fabio Vaynartendan ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi

16:38 13 Mart 2020
AQSHning Ogayo shtatida 100 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgani aytilmoqda

AQSHning shimoli-sharqiy qismida 100 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirib olgan

15:41 13 Mart 2020
Mahkumlarning pensiyasi ularning shaxsiy hisobvaraqlariga tushadi

Hukumat qarori (145-son, 12.03.2020-y.) bilan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

14:09 13 Mart 2020
Davlat tili masalasi: Hukumat yana bir dadil qadam tashladi

​​​​​​​Bugun oʻzbek tilining mavqei va maqomini tubdan yuksaltirish masalasi davlatimiz va hukumatimizning alohida eʼtiborida. Chunki bunga ehtiyoj har qachongidan koʻra katta. Odamlarni eng quvontirgan jihat esa amaliy ishlarga keng miqyosda kirishilayotgani.

14:06 13 Mart 2020
Koronavirus pandemiyasi: “Koʻplab oilalar oʻz yaqinlaridan bevaqt ajralishadi” - 13-martning asosiy yangiliklari

Koronavirus pandemiyasi bois Britaniya va AQSH birjalarida narxlar 1987-yilgi eng yomon koʻrsatkichlarga qadar tushib ketdi, deb xabar berdi BBC.

14:05 13 Mart 2020