Braziliya Prezidentining AQSHga safari chogʻida hamrohlik qilgan hukumat vakilida koronavirus aniqlandi. U Donald Tramp bilan ham uchrashgan edi
Braziliya hukumati vakili Fabio Vaynartendan ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi
U bundan bir necha kun oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp va Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashgan edi.
Braziliyaning Folha De S. Paulo nashrining yozishicha, Fabio Vaynarten Braziliya Prezidentiga AQSHga safari chogʻida hamrohlik qilgan.
Vaynartenning rafiqasi WhatsApp ijtimoiy tarmogʻi orqali ota-onasiga shunday yozgan: Qizlar, xayrli tong, erim Mayamidan qaytib keldi va koronavirus uchun tekshiruv oʻtkazdi. Undan virus aniqlandi.
Hozirda hukumat vakili karantinga olingan.
Oldinroq Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaruda ham koronavirus aniqlangani maʼlum qilingan edi. Keyinchalik u koronavirus uchun analiz topshirgani bildirilib, tahlil natijasi 13-mart kuni maʼlum boʻlishi aytilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring