All

Тadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi

Tadbirkorning soliq idoralari bilan bo‘ladigan barcha nizolari ma’muriy sud vakolatiga o‘tkaziladi. Shuningdek, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

14:49 18 Avgust 2023
Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qat’iyan taqiqlanadi

Prezident hozirda kameral nazorat to‘laqonli soliq tekshiruviga aylanib ketgani va bu korrupsiyaga ham yo‘l ochib berayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

14:41 18 Avgust 2023
“Murakkab soliq ma’murchiligi, biznesga ortiqcha aralashish va tizimdagi korrupsiya holatlarining barchasidan xabarim bor” — Prezident

Prezident sodda soliq ma’murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

14:39 18 Avgust 2023
1 oktyabrdan boshlab, “tax gap” — qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffisiyentini qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

Hozirgi tadbirkorlarni xavf guruhiga kiritish tizimi yopiq bo‘lib, intizomli soliq to‘lovchilar ham qaysidir hamkori qachonlardir xato qilgan bo‘lsa, uning uchun ham javob bermoqda.

14:34 18 Avgust 2023
Dunyoning eng mashhur 50 ta brendi O‘zbekiston korxonalari bilan ishlashga katta qiziqish bildirmoqda

Prezident eksportni kengaytirish bo‘yicha yana bir katta imkoniyat – bu nufuzli xorijiy brendlarni mamlakatimizga jalb qilish ekanini ta’kidladi. 

14:14 18 Avgust 2023
Shavkat Mirziyoyev: «Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz»

Prezident yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish masalasiga to‘xtaldi.

14:08 18 Avgust 2023
Korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga Sanoat jamg‘armasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin bo‘ladi

O‘rta korxonalar faoliyatini kengaytirishi uchun ularga yangi investor va brendlarni jalb qilishga ko‘maklashish zarur. Shu bois, agar korxona xorijiy brend va investor bilan kelishuvga erishsa, unga yangi tashkil qilingan Sanoat jamg‘armasi 25 foizigacha kapitaliga sarmoya bilan kirishi mumkin bo‘ladi.

14:01 18 Avgust 2023
Тadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi

Markaz bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar soddalashgan tartibda belgilanadi.

13:47 18 Avgust 2023
О‘rta biznes uchun sharoitlar yetarli emasligi qayd etildi

Prezident iqtisodiyotimizning yangi texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaradigan muhim bo‘g‘ini – o‘rta biznes ekanligini ta’kidladi.

13:45 18 Avgust 2023
Xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma to‘lovi hozirgi 10 million so‘mdan 330 ming so‘mga tushiriladi

Kichik biznes markazlari ko‘magida loyiha tashabbuskori va yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalari o‘rnatiladi. Bunda yangi korxonalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotini realizatsiya qilishga markazlar yordam beradi.

13:31 18 Avgust 2023
Hududlardagi kichik biznes markazlarida o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi

Bunda, kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investisiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki”ning o‘zi, qolgan 45 foizi uchun davlat ko‘magida resurs yo‘naltiriladi.

13:25 18 Avgust 2023
“Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi

Prezidentimiz kichik biznesga yangi imkoniyatlar yaratish muhimligini ta’kidladi.

13:16 18 Avgust 2023
Joriy yilgi muloqot arafasida tadbirkorlardan 6 mingga yaqin murojaat kelib tushdi

Ular ko‘targan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan ta’minlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bog‘liq.

13:11 18 Avgust 2023
Tadbirkorlarni tekshirish o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kamaydi

Ya’ni, tadbirkorlar to‘g‘ri ishlash “soyada ishlashdan” afzal ekanini tushunib yetmoqda. Shuning uchun ham soliq hisobotlarini topshirish va kameral tekshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash bekor qilindi.

13:03 18 Avgust 2023
Tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi

Shuningdek, mikro-moliya tashkilotlarini ochish tartibi osonlashtirildi. Buning natijasida mamlakatimizda banklarga muqobil kreditlar bozori paydo bo‘ldi.

12:56 18 Avgust 2023
60ta tumandagi tadbirkorlar o‘tgan olti oyda qariyb 1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalandi

O‘tgan yilgi takliflar asosida biznes sub’yektlari mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

12:51 18 Avgust 2023
«Bundan buyog‘iga ham oson bo‘lmaydi». Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot nutq so‘zlamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari faol tadbirkorlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Ayni paytda Prezident mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zlamoqda. 

12:44 18 Avgust 2023
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

12:00 18 Avgust 2023
Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 293,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 293,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

10:59 18 Avgust 2023