«Bundan buyog‘iga ham oson bo‘lmaydi». Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot nutq so‘zlamoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari faol tadbirkorlarga yuksak davlat mukofotlarini topshirdi. Ayni paytda Prezident mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zlamoqda.
“Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot yetkazib berish zanjirining uzilgani, hamkor mamlakatlar valyutasining qadrsizlangani, global miqyosdagi yuqori inflyasiya oqibatida moliyaviy resurslarning qimmatlashgani kabi omillar ta’sirini tadbirkorlarimiz juda yaxshi bilishadi.
Tan olish kerak, bundan buyon ham oson bo‘lmaydi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri saboq chiqarib, faqat oldinga intilsak, bizning mehnatkash xalqimiz, ishbilarmon tadbirkorlarimiz har qanday mashaqqatni albatta yengib o‘tadi, men bunga ishonaman”, - dedi davlatimiz rahbari nutqining avvalida.
Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining o‘zidan eshitib, ularga birgalikda yechim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring