All

Aholiga koʻrsatilayotgan neyroxirurgiya xizmatining sifati ortmoqda

Tibbiyotdagi islohotlar natijasida soʻnggi yetti yilda neyroxirurgiya yoʻnalishi ham katta oʻzgarishlarga yuz tutdi.

08:11 29 Avgust 2023
Oʻzbekiston va Ozarbayjon hamkorligida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish taklifi bildirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi.

00:51 29 Avgust 2023
Ijrosi yil yakuniga qadar belgilangan topshiriqlardan 395 tasi barvaqt bajarildi — Adliya vazirligi

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva vazirlik tomonidan Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

23:33 28 Avgust 2023
«Otaturk» serialining rasmiy treyleri e’lon qilindi

Turkiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan ushbu biografik serial Turkiya zamonaviy davlatchiligi tarixidagi buyuk shaxslardan biri Mustafo Kamol Otaturkning hayoti haqida hikoya qiladi. Aynan uning rahbarlik davrida mamlakatda xalq farovonligi uchun katta islohotlar amalga oshirilgan.

23:14 28 Avgust 2023
Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qoʻndi

Yoʻlovchining sogʻligʻi yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga oʻtishga qaror qilgan.

23:05 28 Avgust 2023
Sartaroshxona xizmatlari hajmi oshgan

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 3,9 trln soʻmni tashkil etgan.

23:00 28 Avgust 2023
FAO xalqaro eksperti AKIS mintaqaviy markazlari xodimlari uchun trening oʻtkazdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning AKIS boʻyicha xalqaro maslahatchisi AKIS (Agricultural Knowledge and Innovations System — Agrar sohada bilim va innovatsiyalar tizimi) markazlari xodimlari uchun ikki kunlik trening oʻtkazdi.

20:16 28 Avgust 2023
Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlariga 2023-yil 29-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

20:06 28 Avgust 2023
Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlariga roppa-rosa 1 yil qoldi

Fransiya poytaxti mezbonligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli para atletlari 22 ta sport turida 549 ta medallar jamlanmasi uchun oʻzaro bahs olib boradi.

19:57 28 Avgust 2023
Bolalar uchun muzeylarga bepul kirish tartibini belgilash boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqildi

Ushbu kiritilayotgan meʼyor mamlakatimizdagi muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, muzeylarda oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi, buyuk allomalar hayoti va ijodiy faoliyatiga oid, muzey sara toʻplamlaridagi boy tarixiy va madaniy merosimizni keng targʻib qilishga puxta zamin yaratadi.

19:49 28 Avgust 2023
Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkor OAV xodimlarini “Notariat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida bir guruh hamkor tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari Oʻzbekiston notariat tizimida taʼsis etilgan “Notariat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

19:49 28 Avgust 2023
Toshkent xalqaro aeroportidagi estakada faoliyati tiklandi

Yoʻlovchilar va kuzatuvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroporti estakadasiga chiqish bepul!

19:35 28 Avgust 2023
Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida boʻlishi taqiqlanadi.

19:28 28 Avgust 2023
Prezident yana bir bor maktab ta’limi kelajagimiz masalasi ekaniga e’tibor qaratdi

“Mana shu imkoniyatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va muallimlarni, o‘z maktabini sog‘ingan va “men ham o‘quvchi bo‘laman!” deb quvonchi ichiga sig‘may turgan farzandlarimizni, ularning ota-onalarini yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili bilan chin dildan tabriklayman. 

19:19 28 Avgust 2023
Kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktab xususiy sheriklik asosida quriladi

Davlatimiz rahbari maktab ta’limi qamrovini yanada oshirish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

19:16 28 Avgust 2023
Maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi va 250 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda o‘quvchi o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida to‘xtaldi.

18:57 28 Avgust 2023
Kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi

Yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilidan kadrlar yetishmaydigan, og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinishi belgilandi.

18:52 28 Avgust 2023
Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi

Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.

18:35 28 Avgust 2023
O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi

Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.

18:28 28 Avgust 2023
O‘zbekistonda Singapur va BAA tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat beriladi

Davlatimiz rahbari o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish haqida so‘z yuritar ekan, o‘qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham to‘liq o‘zgarishini qayd etdi.

18:12 28 Avgust 2023