Byurokratik toʻsiqlar xalqaro ilgʻor tajribalar asosida bartaraf etiladi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Bugun Toshkent shahrida “Davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvini oldini olish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Tadbir doirasida Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, davlat organlari faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, raqobat siyosatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xalqaro konferensiyada Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, tadbirga davlat organlari vakillari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati hamda ilmiy-tadqiqot doiralari vakillari jalb etilgan.
—Anjuman davomida xalqaro tashkilotlarning yetakchi ekspertlari oʻz maʼruzalarida tadbirkorlik faoliyatiga davlat organlarining noqonuniy aralashuvini oldini olish, ishbilarmonlik muhitini yanada sogʻlomlashtirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda raqobat muhitini ishonchli himoya qilish masalalari bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etayotganini alohida taʼkidladilar,— deydi Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farrux Karabayev.— Ular ushbu yoʻnalishlarda xalqaro ilgʻor tajribani keng qoʻllash, samarali institutsional mexanizmlarni shakllantirish va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda hal qiluvchi omil ekanini qayd etishdi.
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring