Byurokratik toʻsiqlar, faoliyatga noqonuniy aralashuv — 5 833 tadbirkorning huquqi buzilgan

— Biznesni yuritish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda bir qator hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv, turli byurokratik toʻsiqlar yaratish kabi salbiy holatlar toʻliq bartaraf etilmagan.
Mazkur sohada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 5 833 ta tadbirkorlik subyektining huquqlari buzilgani aniqlangan.
Shulardan 1 281 tasi — bankdagi hisob varaqlari boʻyicha operatsiyalarni asossiz toʻxtatib turish, 347 tasi — ortiqcha mablagʻ undirish, 466 tasi — murojaatlarni koʻrib chiqish talablariga rioya qilmaslik, 465 tasi — davlat xizmati koʻrsatish tartibini buzish, 408 tasi — litsenziyalash va ruxsat berish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, 181 tasi — faoliyatni tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, 838 tasi — imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllamaslik, 58 tasi — xususiy mulk huquqini buzish, 43 tasi — muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulamaslik va ulardan asossiz uzish, 248 tasi — yer ajratish qoidalariga rioya qilmaslik, 64 tasi — bank xizmati koʻrsatilishida qonun talabini buzish kabi harakatlar va 1 434 ta boshqa qonun buzilishi holatlari natijasida tadbirkorlarning huquqlari buzilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring