Buyuk Britaniyada koronavirusning yana bir mutatsiyasi aniqlandi. U yana-da yuqumli
Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasining yana bir mutatsiyasi aniqlangan. Bu haqda Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xenkok maʼlum qildi. Ushbu shtamm mamlakat hududiga Janubiy Afrika Respublikasidan kirib kelgan. U yangi shtamm yana-da yuqumli ekanligini aytmoqda.
“Shu munosabat bilan Buyuk Britaniya hukumati Janubiy Afrika Respublikasiga sayohat qilishga cheklov oʻrnatadi, shuningdek, ushbu mamlakatdan kelganlar va ular bilan muloqotda boʻlganlar uchun ikki haftalik majburiy karantin joriy qilinadi”, degan vazir.
14-dekabr kuni Buyuk Britaniya olimlari mamlakatda oldin maʼlum shtammlardan tezroq tarqaladigan virusning yangi mutatsiyasini aniqlashganini maʼlum qilishdi.
Kuchli epidemiologik vaziyat tufayli 20-dekabrdan Buyuk Britaniyaning janubi-sharqida va Londonda maksimal toʻrtinchi darajadagi cheklovlar joriy etildi. Odamlarga uylaridan chiqmaslik tavsiya qilindi.
Qirqqa yaqin mamlakat, shu jumladan, Oʻzbekiston ham Buyuk Britaniya bilan transport aloqalarini toʻxtatganini maʼlum qildi. Keyinchalik ushbu mutatsiya Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida ham aniqlangani maʼlum qilindi.
Keyinchalik Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi bolalar uchun xavfli ekani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring