Buyuk Britaniyada “Covid-19”ga qarshi ommaviy emlash boshlandi

Buyuk Britaniya “Covid-19”ga qarshi ommaviy emlash boshlangan birinchi Gʻarb mamlakati boʻldi.
Hukumat tomonidan aniqlangan xavf guruhlariga emlash jarayonida ustuvor ahamiyat beriladi. Yaʼni, bemorlarning yoshi asosiy mezon sifatida tanlangan. Bu jarayonda “Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari tomonidan tayyorlangan vaksinadan foydalanilmoqda.
Britaniya hukumati vakilining soʻzlariga koʻra, xavf guruhidagilarning aksariyati yanvar oyining oxiriga qadar emlab boʻlinadi.
Umuman olganda, mamlakat 40 million doza preparatga buyurtma bergan.
Emlashlar ixtiyoriy, bepul va faqat taklifnoma asosida amalga oshirilmoqda. Jarayon Milliy sogʻliqni saqlash xizmati xodimlari tomonidan tibbiyot muassasalari yoki maxsus tashkil etilgan markazlarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyaning fuqarolarini yoki uning rezidentlari ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring