Buyuk Britaniyada “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlar orasida tromboz kuzatilayotganlar soni keskin koʻpaymoqda
Buyuk Britaniyada ingliz-shved kompaniyasi — “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlanganlar orasida tromboz — qon quyuqlashish holati kuzatilayotganlar soni bir hafta ichida deyarli ikki baravarga oshgan. Bu haqda mamlakat Dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni nazorat qilish agentligi saytida maʼlum qilindi.
“Bunday bemorlarning soni 168 kishiga yetdi. Shunday qilib, bir million emlanganlarga tromb hosil boʻlishi shaklidagi yon taʼsir 7,9 kishiga toʻgʻri kelmoqda 12-18-aprel holatida bu koʻrsatkich 4,9 kishini tashkil etgan edi”, deyiladi xabarda.
Agentlikning maʼlumotlariga koʻra, 32 nafar britaniyalik xuddi shunday yon taʼsir tufayli vafot etgan. Oʻtgan hafta bu raqam 23 kishini tashkil qilgan. Ammo regulyator “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash kampaniyasini davom ettirishga chaqirgan.
Buyuk Britaniyada emlash kampaniyasi boshlangan — 2020-yil 8-dekabrdan buyon 33,25 million kishi uch preparat — “AstraZeneca”, “Pfizer / BioNTech” yoki “Moderna«ning birinchi dozasini olgan. Bu mamlakat aholisining 50 foizidan koʻprogʻi tashkil etadi. Ikki doza bilan emlangan soni 11,19 million kishini, yaʼni taxminan 17 foizni tashkil etmoqda.
Oldinroq, Daniya ilgari “AstraZeneca” vaksinasidan foydalanishni butunlay bekor qilgan Yevropadagi birinchi mamlakat boʻlgan edi. Mamlakat rasmiylari ilmiy xulosalarga asoslanib, “preparatni qoʻllash bilan bogʻliq jiddiy yon taʼsirlarning haqiqiy xavfi mavjud” degan xulosaga kelishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring