Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi Spikeri bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasi Spikeri Lindsli Xoyl bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya munosabatlarining keng doirasi xususan, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, mehnat munosabatlari, gender tengligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarda parlamentlararo muloqotning ahamiyatidan kelib chiqib, bu boradagi aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlashga asosiy eʼtibor qaratildi.
Xususan, qonun ijodkorligi faoliyati va parlament nazorati yoʻnalishlarida oʻzaro tajriba almashish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari oʻrtasida amaliy aloqalarni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikka oid masalalarda “Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya” doʻstlik guruhi imkoniyatlaridan keng foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida iqtisodiy hamkorlik masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda Britaniya tomoni ishtirokida 364 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, Britaniyaning yetakchi kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb qilish masalalari koʻrib chiqildi.
Bunda togʻ-kon sanoati, telekommunikatsiya, infratuzilma, farmatsevtika, taʼlim kabi sohalardagi loyihalarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, muzokara davomida gender tengligiga erishish, xotin-qizlarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yoʻnalishida qoʻshma tadbirlar va dasturlarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taklifi ilgari surildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring