Buyuk Britaniya AQSHga taʼsir oʻtkazishga urinib koʻradi

18:37 27 Fevral 2025 Dunyo
420 0

Illyustrativ foto

Payshanba kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Ker Starmer muhim masalalar yuzasidan gaplashish uchun AQSHda boʻladi. Jumladan, AQSH prezidentini Donald Trampni Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan uzoqlashtirish, tinchlik bitimidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini olish va transatlantik alyansni saqlab qolish muhokama markazida boʻladi. Lekin uning imkoniyatlari yetarlicha boʻlmasligi mumkin. Chunki hafta boshida ham Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xuddi shu masalalar boʻyicha Vashingtonga borib kelgan edi. Makron Tramp bilan yaqinligini qayta tiklaganiga qaramay, aniq bir kelishuvlarsiz qaytgan.

“Bizga oʻt ochishni toʻxtatish emas, balki barqaror tinchlik uchun xavfsizlik kafolatlari kerak”, — degan Starmer jurnalistlarga.

Shuningdek, u tinchlik shartnomasi tuzilgan taqdirda Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni joʻnatishga tayyor ekanligi, faqat bunga AQSHning yordami kerakligini aytgan. Chunki ushbu jarayonda logistika, razvedka va samolyotga qarshi raketa vositalarida Yevropaga yordam kerak. Agar AЫSh bunga tayyor boʻlmasa va oʻt ochishni toʻxtatishga erishilsa, Starmer Putin yana kuch toʻplab qaytishiga ishonadi. Chunki uning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasi aniq. Ker Starmer seshanba kuni mamlakat parlamentiga dunyoda hamma narsa oʻzgarganini tushuntirgan.

Hozircha Tramp hech qanday batafsil strategiyani eʼlon qilmadi. Faqatgina Ukrainaning NATOga qoʻshilishini rad etib, Putin uch yillik urushda qoʻlga kiritgan barcha yerlarni saqlab qolishiga ishora qilgan. Ushbu hafta AQSH BMTning Moskva urushini qoralovchi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganida AQSHning haqqoniy vositachi sifatidagi roli yana shubha ostida qoldi.

Noyob yer minerallari bitimi

Shuningdek, AQSHning Ukrainaning noyob yer minerallaridan foydalanish boʻyicha taklif etayotgan bitimi yuzasidan ham chalkashliklar bor.

Trampning aytishicha, tuzilajak bitim katta foyda keltirib, Ukrainaga yuborilgan yordam paketlarining oʻrnini qoplaydi. Zelenskiy avvalroq ushbu shartnomani imzolashdan bosh tortib, ajratilgan yordam grant sifatida berilganini aytgan edi. Soʻnggi xabarlarga koʻra, Zelenskiy bitimni imzolash uchun hafta oxirida Vashingtonga uchmoqchi. Bu maʼlumotlarni CNN bermoqda. Ukraina yetakchisi kelishuv mamlakat xavfsizligi uchun kafolat boʻlishini aytgan, biroq CNN matn loyihasida bunday majburiyatlar yoʻqligini ochiqlagan.

Faqatgina AQSH “Ukrainaning barqaror tinchligi oʻrnatilishi uchun zarur boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini olish boʻyicha harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi” deyilgan loyiha matnida.

Shunday qilib, Starmer AQSHda katta vazifani bajarishi kerak. U soʻnggi voqealardan keyin, mudofaa xarajatlarini oshirishga vaʼda bergan. Bu xabar Trampni hayratga solishi qiyin. Chunki u NATO davlatlaridan mudofaa xarajatlarini 5 foizgacha oshirishni talab qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер