Buyuk Britaniya 4 kunlik ish haftasiga oʻtishi mumkin

200 ta Buyuk Britaniya kompaniyasi oʻz xodimlarining amaldagi ish haqini saqlab qolgan holda 4 kunlik ish haftasiga oʻtishini maʼlum qildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar qildi.
“4 Day Week Foundation”ning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 5000 dan ortiq kishi faoliyat olib boradigan ushbu kompaniyalarning aksariyat qismini xayriya tashkilotlari, marketing va texnologiya firmalari tashkil etadi. Ular 5 kunlik modelni eski iqtisodiy davrdan qolgan va endi undan foydalanish kerak emas, deb hisoblashadi.
“Ertalab 9 dan kechki 5 gacha davom etadigan besh kunlik ish haftasi 100 yil oldin joriy qilingan va endi zamonaviy talablarga javob bermaydi. 4 kunlik tartib odamlarga 50% koʻproq boʻsh vaqt berib, baxtliroq va toʻlaqonli hayot kechirish imkonini yaratadi”, degan “4 Day Week Foundation” direktori Jo Rayl.
Taʼkidlash joiz, marketing, reklama va matbuot firmalari bu harakatga boshchilik qilishmoqda, hozirda ularning 30 tasi mazkur siyosatni qabul qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring