“Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans asosi” VIII xalqaro kongressiga bagʻishlangan matbuot anjumani

20:43 22 Avgust 2024 Jamiyat
186 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2024 yil 3-4 iyul kunlari o‘tkazilgan "Buyuk ajdodlar merosi ІІІ Renessane poydevori" Forumida O‘zbekiston madaniy merosini O‘rganish, saqlash ommalashtirish bo’yicha Butunjahon jamiyatining VIII kongressini o‘tkazish taklifi ilgari surilgan edi. Forum ishtirokchilari taklifi Davlatimiz rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Vazirlar Mahkamasining "Buyuk ajdodlar merosi-III Renessans asosi" VIII xalqaro kongressiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘grisida"gi Farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyish asosida shu yilning 23-26 ashust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saklash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) hamda «Eriell Group» neft xizmatlari kompaniyasi bilan hamkorlikda VIII Xalkaro Kongressi tashkil etilmoqda.

Kongressning maqsadi Yangi O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yo‘li, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni targ’ib etish, xalqimizning boy madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda mahalliy olimlar va xalqaro ilmiy ekspertlar hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.

Kongress dasturidan bir qator ko’ngilochar va madaniy dasturlar ham o’rin olgan. Jumladan, ishtirokchilar Samarqandda 26 avgust kuni bo'lib o'tadigan "Sharq taronalari" 13-xalqaro musiqa festivalling ochilish marosimida ham ishtirok etishadi.

Kongress yakunida ishtirokchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaati, Butunjahon jamiyati va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi: markazi olimlarining qo‘shma deklaratsiyasi, hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi qabul qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер