Butunjahon jamiyati Klavixoning oʻrta asrga oid qoʻlyozmasi nusxasini qayta nashr etadi

Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatiga oʻrta asrda ijod qilgan muallif Ruy Gonsales de Klavixoning noyob asari nusxasini yaratish huquqi taqdim etildi.
U Ispaniyada kitob chop etish davri boshlanishidan taxminan yarim asr oldin yaratilgan va uni nashr etish bir yarim asrdan keyin amalga oshirilgan.
Bugungi kunga qadar qoʻlyozmaning ikkita roʻyxati maʼlum. Ikkalasi ham Ispaniya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
«Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqovning Ispaniyaga tashrifi davomida ushbu noyob asarlarni oʻz koʻzimiz bilan koʻrish, shuningdek, Ispaniya Milliy kutubxonasi qoʻlyozmalar boʻlimi direktori, Xaver Dokampo Kapilla bilan muzokara oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldik. Oʻtkazilgan muzokara natijalariga koʻra, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatiga kundalikning qoʻlyozma nusxasini yaratish huquqi berildi», — deya taʼkidladi ”Mueller&Schindler" nashriyot uyi Prezidenti Sharlotta Kramer.
Qoʻlyozma nusxasi Avstriyaning “Muller & Sshindler” nashriyot uyi va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda nashr etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston tarixi va uning buyuk shaxslariga bagʻishlangan ajoyib asarlarni qayta nashr etish loyihasi Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati faoliyatining yangi yoʻnalishi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring