Bugun Butunjahon dukkakli don ekinlar kuni

14:52 10 Fevral 2023 Iqtisodiyot
1059 0

Illyustrativ foto

Har yili 10-fevral sanasida Butunjahon dukkakli don ekinlari kuni nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan dukkakli don ekinlarning ozuqaviy qiymati, barqaror oziq-ovqat tizimlariga oʻtish uchun ahamiyati sababli keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish maqsadida eʼlon qilingan.

Dukkakli don ekinlarning oziq-ovqat tizimlari va atrof-muhit uchun ahamiyatini hisobga olgan holda, 2023-yilda ushbu xalqaro kunni nishonlash “Dukkakli don ekinlar barqaror kelajak uchun” mavzusiga bagʻishlangan.

Oʻzbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Global Ekologik Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Oʻzbekiston Tabiiy resurslar vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi” loyihasi orqali dukkakli don ekinlarni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni kengaytirishga koʻmaklashmoqda.

— Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonda dukkakli don ekinlar ishtirokida almashlab ekish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan boʻlib, bu agrobioxilma-xillikni oshirish, iqlim oʻzgarishi omillariga qarshi kurashish va ekotizim xizmatlarini saqlashga yordam beradi, , — deydi “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi” loyihasining milliy koordinatori Aziz Nurbekov. — Dukkakli don ekinlari tuproqda azot toʻplaydi, bu biologik xilma-xillik va tuproq unumdorligining oshishiga hissa qoʻshadi. Almashlab ekish tizimlarida dukkakli don ekinlardan foydalanish mineral oʻgʻitlardan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beradi va pirovardida qishloq aholisining daromadlarini oshirishga yordam beradi

Toshkent Davlat agrar universitetida FAO koʻmagida Butunjahon dukkaklilar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maʼruzada shu va boshqa masalalar muhokama qilindi. Unda 120 ga yaqin talabalar va universitetning bir qator professor va oʻqituvchilari ishtirok etdi. Professor Aziz Nurbekov ishtirokchilarga “Dukkakli don ekinlarining ozuqaviy ahamiyati, ishlab chiqarishdagi oʻrni hamda tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi texnologiyalar” mavzusi boʻyicha taqdimot qildi. Tadbirda taʼkidlanganidek, dukkakli don ekinlar barqaror oziq-ovqat tizimlari va sogʻlom ovqatlanishning bir qismidir. Dukkakli don ekinlar uzoq saqlanish muddati bilan ajralib turadi, parhezlarning xilma-xilligini oshirishga hissa qoʻshadi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining yoʻqotilishi va buzilishi hajmini kamaytirishga hissa qoʻshadi.

Koʻpchilik dukkakli don ekinlarning suvga boʻlgan talabi yuqori emasligi va boshqa oziq-ovqat ekinlariga nisbatan qurgʻoqchilik va iqlim bilan bogʻliq tabiiy ofatlarga chidamli ekanligini hisobga olsak, ular suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi tizimlarining tashqi omillarga immunitetini oshirishga va fermerlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Dukkakli don ekinlarni turli qishloq xoʻjaligi tizimlariga (masalan, agrooʻrmonchilik, yoʻldosh ekinlar ekish va uygʻunlashgan dehqonchilik tizimlari) joriy qilish qishloq xoʻjaligi samaadorligini va ushbu sohadan keladigan daromad manbalarini tashqi omillarga nisbatan  turmushining tashqi omillarga chidamliligini oshirishga yordam beradi.

Dukkaklilar don ekinlari — dukkaklilar oilasiga mansub ekinlar boʻlib, ularning isteʼmol qilish mumkin boʻlgan donlari oziq-ovqat uchun ham, ozuqa sifatida ham ishlatiladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan va keng isteʼmol qilinadigan dukkakli don ekinlari loviya, noʻxat va yashil noʻxatdir, ammo dunyoda uning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, salomatlikni mustahkamlash, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va biologik xilma-xillikni saqlashga sezilarli hissa qoʻshadigan boshqa turlari ham mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер