Burun operatsiyasini oʻtkazgan 16 yoshli qiz vafot etdi
Samarqandda xorijdan yozgi taʼtilda buvisinikiga kelgan 16 yoshli maktab oʻquvchisi burun operatsiyasidan soʻng viloyat shifoxonasida vafot etdi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, qiz nafas olishda qiynalayotgani uchun 1-iyul kuni buvisi bilan viloyat markaziy shifoxonasiga borgan. Shifokorlar unga jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi kerakligini aytishgan.
“Uchta shifokorni koʻrdim. Uchalasi ham shu operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Burni “mahkam” ediyu, salgina qiyshiq ekan. Soat 11 larda operatsiyaga olib kirdi. Kutdim, lekin operatsiya davom etayotganini, nabiram hali hushiga kelmaganini aytishdi. Taxminan bir yarim soat oʻtgach, operatsiya boʻlimiga bir guruh shifokorlar apparati bilan kirib kelishdi», degan marhumaning buvisi.
Kasalxonada aytilishicha, operatsiyadan keyin bemorning salomatligi yomonlashgan va u vafot etgan. Fuqaroning yaqin qarindoshlari hodisada shifokorlarni aybdor deb hisoblamoqda.
Maʼlum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv va rasmiy tekshiruvlar olib borilmoqda.
Taʼkidlash joiz, bu qizcha shu turdagi operatsiyalarda vafot etganlarning birinchisi emas. Avvalroq ham Fargʻona viloyatining Fargʻona shahrida joylashgan xususiy klinikada burnini operatsiya qildirgan 33 yoshli prokuratura xodimi vafot etgani haqida xabar qilgandik.
Ushbu fuqaro ham operatsiya qildirish uchun oʻz oyogʻi bilan kirgan, biroq qaytib chiqmagandi. Operatsiya soat 18:00 da boshlangan, 22:30 da esa bemorning vafot etgani maʼlum boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring