Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi hududida yongʻin yuz berdi

10:41 21 Sentyabr 2025 Jamiyat
115 0

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatidagi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida yongʻin yuz berdi. Bu haqda Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish va choʻllanishga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 20-sentyabr kuni soat 13:00 lar atrofida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Yakkatut qishlogʻiga yondosh hududda roʻy bergan.

Voqea joyiga oʻrmon xoʻjaligi masʼullari, 40 nafardan ziyod ishchi-xodimlar, 10 nafar ushbu mahalladagi yongʻin qutqaruv guruhi koʻngillilari hamda tuman IIB xodimlari jalb etilgan. Ularning saʼy-harakatlari bilan yongʻin shu kuni soat 14:40 da toʻliq oʻchirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin Yakkatut qishlogʻida yashovchi 1956-yilda tugʻilgan fuqaro S.D. ning texnika xavfsizligiga rioya qilmasdan ichimlik suvi metall quvurini payvandlashi oqibatida kelib chiqqan. Oqibatda 1,5 gektarga yaqin yer maydonidagi qurigan oʻtlar yongan.

Ushbu fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 84-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Biroq Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mazkur yongʻin yuzasidan tarqatilgan maʼlumotlar eskiligi bois haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilgan. Boshqarma axborot xizmati kecha, 20-sentyabr kuni soat 15:47 da Telegram kanaliga joylagan xabarida bu haqda soʻz borgan.

Oʻrmon agentligi yuqoridagi faktlar orqali hodisani tasdiqlagan boʻlishiga qaramay, viloyat FVB axborot xizmati tomonidan eʼlon qilingan “rasmiy axborot” haligacha tahrirlanmagan yoki oʻchirib yuborilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер