Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.
Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat koʻrgazmalari, sheʼriyat kechalari va intellektual oʻyinlar tashkil etish topshirildi. Xususan:
- Poytaxtdagi Yangi Oʻzbekiston bogʻi va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi.
- Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga koʻrsatma berildi.
- Yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi. 100 ming oʻquvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
- “Zakovat” intellektual oʻyinining maktab ligasi tashkil etiladi.
- “Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh oʻqitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari oʻtkaziladi. Bunda “Raqamli avlod qizlari” loyihasi boʻyicha tuman va viloyat tanlovlari oʻtkaziladi.
- “Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha 100 ming yosh volontyorlikka jalb qilinadi.
- 150 dan ortiq sunʼiy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
- “Yoshlar turizmi oyligi” oʻtkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Umuman, aytilgan topshiriq va tadbirlar ijrosini nazorat qilish uchun shtab tuzilishi, bu masala shaxsan Prezident nazoratida boʻlishi taʼkidlandi.
Tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari rahbarlari, maktab direktorlari va bogʻcha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman boʻlimi rahbarlarini taʼlim bilan bogʻliq boʻlmagan birorta yigʻilishga jalb qilib boʻlmasligi haqida qatʼiy ogohlantirildi.
Yigʻilish davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring