Bundan buyon tuman hokimlari oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdor boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezidentimiz iqtisodiyot, moliya va kambagʻallikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Fargʻona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi.
Bundan buyon tuman hokimlarining oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdorligi boʻlishi belgilandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 10 ta hisobdorlik koʻrsatkichini belgilash topshirildi.
Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari oʻzini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi surʼat bagʻishlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi qayd etildi.
Joriy yil yakunigacha “Sayxunobod tajribasi”, yaʼni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini taʼminlash mumkin boʻladi.
Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion soʻm ajratish topshirildi.
Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion soʻm resurs berish vazifasi qoʻyildi.
“Uychi tajribasi”, yaʼni tadbirkorlar va biznes bilan shugʻullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimi asosida tuman hokimlari tadbirkorlar bilan, banklar esa mijozlari bilan muntazam uchrashib, ularga biznesini kengaytirishga koʻmaklashishi belgilandi.
Bunda tuman hokimi infratuzilma masalasi, bank esa moliyaviy koʻmak masalasi bilan shugʻullanadi.
Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash hisobiga yil yakunigacha 670 ming aholi bandligini taʼminlash muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring