Bundan buyon haydovchining intizomiga qarab, uni oʻqitgan avtomaktab faoliyatiga ham baho beriladi — Shavkat Mirziyoyev
Foto: president.uz
Bundan buyon haydovchining intizomiga qarab, uni oʻqitgan avtomaktab faoliyatiga ham baho beriladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Viloyat hokimlari va ichki ishlar boshliqlariga uch oy muddatda hududlarida zamonaviy avtomaktab va imtihon markazlarini tashkil etish topshirildi.
Raqamlashtirish – yoʻl harakatini boshqarishning eng toʻgʻri yechimi, dedi Prezident.
“Afsuski, na poytaxtda, na hududlarda raqamlashtirish borasida birorta namuna qilib koʻrsatadigan joy yoʻq. Borini ham eplab ishlata olmayapti.”
Shu bilan birga, Toshkent shahrining 602 ta chorrahasidan 111 tasidagina raqamli boshqaruv mavjud. Boshqa shaharlarda esa bunday tizim umuman yoʻq.
«Harakat xavfsizligini raqamlashtirish boʻyicha Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida yuzaga kelgan muammolarni oʻzim qattiq nazoratga olganimdan keyin hokimlar va ichki ishlar boshliqlari harakatni boshladi.
Ushbu hududlar ichki ishlar boshliqlari 1-iyulgacha keskin oʻzgarish qilmasa, ularga nisbatan qatʼiy chora koʻraman. Boshqa hokimlar ham xulosa qilib, batafsil hisobot beradi», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring