Bunaqasi ertaklarda boʻladi

Bor ekanu yoʻq ekan... Qiziltepa tumanida 87 yoshli otaxon Ismoil bobo Toʻxtayev va uning kampiri Sharofat aya Dilova toʻzibgina qolgan xonadonda istiqomat qilishar ekan. Qariyb oltmish yillik turmushlarida bir-biriga oʻxshash kunlarga oʻrganib qolgan keksalar bir kun kelib “Inson qadri” shunchalik boʻlishini kutmagan edi.
Xullas, shunday kunlardan birida, aniqrogʻi, Mustaqillik bayrami arafasida ularning xonadoniga tuman hokimi kelib, suhbat orasida “Siz cholu kampirga yoʻllanma olib bersak, bir sanatoriyda dam olib kelmaysizlarmi”, debdi.
Dabdurustdan koʻrsatilgan iltifotdan shoshib qolgan Ismoil bobo:
— Mana shu yerning oʻzi bizga sanatoriy, — deya javob qiladi.
Chol-kampirning kamsuqumligi, samimiy shukronasidan mamnun boʻlgan hokim ularni koʻndirib, “Turon” sanatoriysiga joʻnatibdi.
Ikki hafta hash-pash deguncha oʻtib ketdi. Biroq qariyalar qaytgach, ne koʻz bilan koʻrsinki, ular yashagan uy-joy oʻrnida barcha qulayliklarga ega, muhtasham imorat tiklangan.
— Eng avvalo, biz kabi kishilarni qadrlagan Prezidentimizga katta rahmat, — deydi Sharofat aya Dilova. — Bunaqasi ertaklarda boʻlardi. Boshimiz osmonga yetdi.
Keksalarning roʻshnolikdan roziligi tasodif emas. Tumanda oʻzgalar yordamiga muhtojlarning roʻyxati shakllantirilib, bosqichma-bosqich ularning ijtimoiy muammolari bartaraf etilmoqda.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring