Buxorolik boʻlajak olima qandli diabetga chalingan bemorlar uchun maxsus poyabzal yaratdi
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi Online”, Istam IBROHIMOV/Buxoro. Dunyoda qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar koʻp.Oyoq tovoni diabeti ushbu xastalikning bir turi sanaladi.
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti doktoranti Madinabonu Muhammedova shu kasallikka chalingan bemorlar uchun maxsus poyabzal yaratdi.
— U oyoqqa tushadigan bosimni pasaytiradi, tovondagi qon aylanishini yaxshilaydi, — deydi qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar uchun ratsional poyabzal konstruksiyasi va texnologiyasini yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan M. Muhammedova. — Biz bir guruh bemorlarga shu poyabzalni taqdim etgan holda tajriba – sinov ishlarini olib bordik.Ular oyogʻidagi jiddiy yalligʻlanishlar atigi bir oyda barham topdi.
Buxoroda boʻlib oʻtgan “Qish –2019” koʻrgazmasida boʻlgʻusi olimaning izlanishlari koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring