Buxoroga qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻldi
Foto: uz24
Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha “Afrosiyob” yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu reyslar harakati joriy yilning 23-avgust kunidan haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati 778/777-sonli “Toshkent—Buxoro—Toshkent” yoʻnalishida yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlum boʻlishicha, poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanishi koʻzda tutilmoqda:
778-sonli Toshkent—Buxoro yoʻnalishi
Toshkent 6:59 — Buxoro 11:05.
777-sonli Buxoro—Toshkent yoʻnalishi
Buxoro 16:12 — Toshkent 20:20.
“Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa boʻladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring