Buxorodagi magistral gaz quvurida yirik yongʻin sodir boʻldi

13:19 10 Fevral 2025 Jamiyat
254 0

Videodan kadr

Buxoro viloyati Romitan tumani hududidan oʻtgan magistral gaz quvuri (MGQ)da yirik yongʻin sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bugun, 10-fevral kuni soat 11:26 da viloyat FVBdan olingan xabarga koʻra, “GAZLI” MGQBning diametri 1020 mm boʻlgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yer ostidan oʻtgan qismida avariya sodir boʻlgan. Bildirilishicha, hodisa yuz bergan hudud Romitan tumani Qizil rabot MFYdan 40 km uzoqlikda joylashgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 da quvur muruvvatlari yopilib, qoldiq gazlar chiqarib yuborilgan. Hozirda avariya toʻliq bartaraf etilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB, Romitan tumani FVB boshligʻi hamda 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Energetika vazirligi dastlab, holat toʻliq bartaraf etilguniga qadar metan-shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishini maʼlum qildi, ammo vazirlik axborotining ushbu qismi koʻp oʻtmay oʻchirib yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер