Buxoroda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalangan fuqarolar fosh qilindi
Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari hamda filialning tegishli boʻlim masʼullari bilan joylarda reyd tadbirlari tashkil etilgan.
Tadbir doirasida Buxoro shahar A. Borband koʻchasida yashovchi fuqaro E. X. xonadoni koʻzdan kechirilgan. Aniqlanishicha, isteʼmolchi hisoblagichni chetlab oʻtib, tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib olgani maʼlum boʻlgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, isteʼmolchi tomonidan gaz taʼminoti korxonasiga 121 million 206 ming soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Gʻijduvon tumanining “Xaticha” MFYda ham aniqlanib, unda mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro R. I. loyiha-texnik hujjatlarisiz “zangori yoqilgʻi”dan foydalanib kelayotgani fosh qilingan. Holat boʻyicha 74 mln 966 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Hozirda barcha holatlar boʻyicha dalolatnomalar tuzilib, tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring