Buxoroda “Universal” sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, joriy yilning 14-sentyabr – 6-oktyabr kunlari mamlakatimiz sport tarixida ilk bor futzal boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi. Bu nufuzli musobaqa mezbonlari safida Toshkent, Andijon shaharlari qatori Buxoro ham bor.
Chempionatning “V” va “F” guruhlaridan oʻrin olgan terma jamoalar oʻzaro kuch sinashadigan manzil — “Universal” sport majmuasi qurilishi nihoyasiga yetdi. Loyiha qiymati 320 milliard soʻm boʻlgan inshootning rasmiy ochilish marosimida soʻz olganlar bu zamonaviy sport koshonasi mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sogʻlom va baquvvat voyaga yetishi yoʻlida qilinayotgan ishlarga yaqqol dalil ekanini taʼkidladi.
Darhaqiqat, majmuada sport bilan muntazam shugʻullanish va xalqaro darajadagi musobaqalarni yuksak saviyada oʻtkazish uchun barcha qulaylik yaratilgan. Inshoot tarkibidan 4 ming tomoshabinga moʻljallangan manej, oʻquv-mashgʻulotlar zali, VIP loja, oʻyin zali, yuvinish, kiyinish, sport jihozlarini saqlash xonalari oʻrin olgan. Tashqari qismida esa yugurish yoʻlaklari, sunʼiy qoplamali futbol maydoni, avtoturargoh bor.
“Universal” sport majmuasining ochilish marosimi doirasida Oʻzbekiston futzal faxriylari va Buxoro futzal ustalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi ham oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring