Buxoroda Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

14:02 11 Avgust 2023 Siyosat
426 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Suv resurslari yildan yilga kamayib borayotgani oqibatida oziq-ovqat tanqisligi ko‘plab davlatlarda kun tartibidagi eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.

Bunday sharoitda mamlakatimizda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga aholiga dehqonchilik qilishi uchun 200 ming gektar yer maydonlari ajratildi. Natijada:

- 700 ming nafar aholi doimiy, yana 1,3 million nafari mavsumiy ish bilan ta’minlandi;

- 605 ming nafar (90 foiz) dehqonlarning daromadlari ko‘paydi;

- kartoshka bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan tumanlar 112 taga, piyoz bilan – 144 taga va sabzi bilan – 146 taga yetkazildi. 

Shu bilan birga, bugungi kunda 94 ta tuman va shahar o‘zini aholisini kartoshkaga bo‘lgan talabini ta’minlay olmaydi, 62 tasi piyoz, 60 tasi sabzi, 84 tasi go‘sht, 139 tasi parranda go‘shti va tuxumni boshqa hududlardan olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер