Buxoroda “Sanitariya-gigiyena” xulosasi uchun 500 ming soʻm talab qilgan masʼul qoʻlga olindi.
Tezkor tadbir davomida Romitan tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boʻlimi xodimi, tumanning Afrosiyob mahallasida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan S.Sh.ismli shaxs, fuqaro K.R.ga “Gʻazberon” va “Qoqishtuvon” mahallalari hududida Davlat-sherikchilik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotini ochishi uchun “Sanitariya-gigiyena” xulosasini tayyorlab berish evaziga 500.000 soʻm talab qilib, Xosa qishlogʻida joylashgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining hovlisida kimyoviy ishlov berilgan ushbu pullarni olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan S.Sh. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring