Buxoroda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 1,5 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Foto: Ekologiya vazirligi
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan shaxslar tabiatga 1 mlrd soʻm zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tungi nazorat reyd tadbirida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 20 dona Turkiston moʻylovdorini, shuningdek, 25 dona zogʻorabaliqni ovlagani aniqlangan.
Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan toʻxtatilgan. Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 1 milliard 603 million 125 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etilgan.
Maʼlumot uchun, Qizil kitobga kiritilgan 20 dona Turkiston moʻylovdorining har biri uchun 26 million 250 ming soʻm, jami 525 million soʻm zarar hisoblangan. 25 dona zogʻora baliqning har bir donasi uchun 375 ming soʻm, jami 9 million 375 ming soʻm zarar hisoblangan. Baliqlar taqiqlangan elektr qarmoq yordamida ovlangani uchun zararlar 3 baravar koʻpaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring