Buxoroda kadastr muhandisi 3000 dollar pora bilan qo‘lga olindi

Foto: Prokratura departamenti
Buxoroda tadbirkorning binosidan foydalanishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan kadastr muhandisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Buxoro shahri bo‘limi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kadastrlar palatasi Qorovulbozor tumani filiali yetakchi muhandisi M.S. ushlangan.
Aniqlanishicha, u fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, tumandagi “Bo‘zachi” MFY hududida joylashgan tadbirkor J.S.ga tegishli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyekti binosini Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. U xizmati evaziga 3000 dollar olgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring